Izlash

Kengaytirilgan qidiruv

 

 
 

 
 
 

Adliya vazirligi tomonidan volontyorlik faoliyati bilan bog‘liq qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokamaga qo‘yildi

2018-06-21

Joriy yilning 20 iyunidan Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi normativ-huquqiy hujjatlarining muhokamasi portaliga qo‘yildi.

Ushbu Qonun loyihasining maqsadi mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mazkur Qonun loyihasida volontyor, volontyorlik aksiyasi, volontyorlik faoliyati, volontyorlik kitobchasi, volontyorlik guvohnomasi, volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi shartnoma, volontyorlik faoliyati iste’molchisi kabi asosiy tushunchalar mohiyati yoritib berilgan.

Loyihada volontyorlik faoliyatining asosiy prinsiplari, shakllari va turlari, volontyorlik faoliyati munosabatlarining tartibga solinishi, volontyorlik faoliyati sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining vakolatlari va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi qoidalar o‘z o‘rnini olgan.

5 bob, 21 ta moddadan iborat bo‘lgan Qonun loyihasining muhokamasi 2018 yilning 5 iyuliga qadar davom etadi.

Unda siz ham o‘z taklif va mulohazalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Havola: https://regulation.gov.uz/ru/documents/2666